TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI YECHISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Authors

  • Jabborov Bekjon Bayjonovich
  • Jumaniyozova To’tijon Madaminovna Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish masalasining dolzarbligi va barqaror rivojlanish uchun ahamiyati tahlil qilinadi. 2024-yil 2-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Suv resurslarini boshqarish: davlat, biznes va jamiyatning roli" mavzusidagi panel muhokamaning natijalari asosida, mamlakatda suv taqchilligi muammosi, uning kelajakdagi prognozlari va ehtimoliy echimlari yoritilgan. Tadqiqotlarda suv resurslarining kamayishi, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi suv iste’molining o‘sishi va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Mazkur maqola O‘zbekistonda suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha strategik yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan tahlillar milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va ekologik muvozanatni saqlash uchun zaruriy xulosalar berishga xizmat qiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari", 2023-yil.

2. Boston Consulting Group (BCG). "Suv resurslarini boshqarish: global tajriba va O‘zbekiston uchun tavsiyalar", 2024-yil.

3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. "O‘zbekistonning suv resurslari va ulardan samarali foydalanish strategiyasi", rasmiy hisobot, 2023-yil.

4. Jahon Banki. "Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish va barqaror rivojlanish", tadqiqot hisobotlari, 2022-yil.

Downloads

Published

2025-04-16