SUV QONUNCHILIGI BO‘YICHA XALQARO HUQUQIY TAJRIBANING TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada suv huquqi sohasidagi xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi. Xususan, BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va transchegaraviy suv manbalaridan foydalanishga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar о‘rganiladi. Maqolada xalqaro huquqda suvdan foydalanish tamoyillari, davlatlar о‘rtasidagi suv munosabatlarini tartibga soluvchi bitimlar va samarali boshqaruv mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, О‘zbekistonning xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari va suv sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish bо‘yicha tavsiyalar ilgari suriladi.