MA’MURIY JAZOLARNING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI AHAMIYATINI OSHIRISH YO‘LLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Ravshanov Diyorbek Muxtor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi 313-guruh kursanti

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada ma'muriy jazo choralarini huquqbuzarliklar profilaktikasida qo'llash faoliyatini takomillashtirish, ushbu jarayonning bugungi kundagi holati hamda Ichki ishlar organlarining ma'muriy jazo choralarini qo'llash faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish bo'yicha o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, ma'muriy jazo choralarini huquqbuzarliklar profilaktikasida qo'llash faoliyati amalyoti tahlili hamda ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan protsessual hujjatlar, muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo'yicha bir qator takliflar berilgan. Ichki ishlar organlarining ma'muriy jazo choralarini qo'llash faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari, shuningdek yuqorida ko'rsatib o'tilgan jihatlardan foydalangan holda ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari yoritib o'tilgan.

Downloads

Published

2024-12-17