PROFILAKTIKA INSPEKTORINING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKANI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATI
Abstract
Jinoyat uchun jazo bergandan ko‘ra, uning oldini olgan ma’qulligi har qanday ijobiy qonunchilikning bosh vazifasidir. Hozirgi vaqtda huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy, salbiy hodisalarga nisbatan qo‘llanilgan «jinoyatchilikning oldini olish», «profilaktika qilish», «ogohlantirish», «to‘xtatish», «barham berish» kabi atamalar nafaqat maxsus adabiyotlarda, balki har xil normativ hujjatlarda ko‘p uchraydi. Shu bois, mazkur maqolaning asosiy vazifasi jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va jinoyatchilikning oldini olishda viktimologik profilaktikaning ahamiyatini ta'sis etishdan iboratdir. Tadqiqot natijasiga ko'ra, jinoyatchilikning oldini olishda viktimologik profilaktika ahamiyatlidir, chunki viktimologik profilaktika orqali yuzaga kelishi mumkin bo'lgan jinoyatlarga barham berish mumkindir.