“MENTAL ARIFMETIKA ORQALI MAKTABGA TAYYORLOV YOSHIDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI”

Authors

  • Yakubova Nasiba Nigmanjanovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi “Kumnamu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari

Abstract

Ushbu tezisda mental arifmetika mashg‘ulotlarining maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarda tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tanqidiy fikrlashning asosiy komponentlari bo‘lgan dalillash, muqobil yechimlarni topish va savollar berish jarayonlarining mental arifmetika metodikasi orqali qanday rivojlanishi yoritilgan. Mental arifmetika mashqlari natijasida bolalarda kognitiv faollikning ortishi, diqqatning kuchayishi, tezkor fikrlashning rivojlanishi hamda mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarining shakllanishi kuzatiladi. Shuningdek, interfaol metodlar va erkin ta’limiy muhitning tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda izohlanadi. Natijada mental arifmetika maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarda tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda samarali metodik vosita ekanligi asoslab beriladi.

References

1. Piaget, J. (1952). Child’s Conception of Number. New York: Routledge. 244 b.

2. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press. 159 p.

3. Stigler, J. W. (1984). Abacus-Based Mental Calculation: Performance Assessments in Children. Journal of Educational Psychology, 76(4), 678–682.

4. Qodirov, R. X. (2017). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Toshkent: Fan va texnologiya. 280 b.

5. Frank, M., Barner, D. (2012). Representing Exact Number Visually Using Mental Abacus. Cognitive Psychology, 65(2), 122–160.

Downloads

Published

2025-12-19