STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING O‘QUVCHILARNING KOGNITIV RIVOJLANISHIGA TA’SIRI (MUAMMO YECHISH MISOLIDA)
Abstract
Ushbu tezisda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’lim texnologiyalarining o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri muammo yechish faoliyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda STEAM metodlarining samaradorligini aniqlashdir. Ishda nazariy manbalar tahlili va pedagogik kuzatuv natijalari asosida xulosalar keltiriladi. Tadqiqot ko‘rsatdiki, STEAM faoliyati o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi, muammoli vaziyatlarni yechish qobiliyatini oshiradi va kognitiv kompetensiyalarini rivojlantiradi.
