YOZMA ADABIYOTDA MAQOL JANRINING TARIXIY TARAQQIYOTI (“DEVONU LUG‘OTIT TURK”, “QUTADG‘U BILIG”, “HIBAT UL-HAQOYIQ” ASARLARI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada turkiy adabiyotning muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqol janrining tarixiy taraqqiyoti o‘rganiladi. “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig” va “Hibat ul-haqoyiq” asarlari misolida maqol janrining shakllanishi, mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu janrning turkiy xalqlarning madaniy va ma’naviy hayotidagi o‘rni yoritilib, uning adabiy-estetik ahamiyati ochib beriladi. Maqolalar orqali o‘tmish davrlardagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar, axloqiy me’yorlar va donishmandlik merosining saqlanib qolishi va rivojlanishi ko‘rsatiladi.
References
1. Mahmud Qoshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. Tashkent: Fan, 1998.
2. G‘ulomov, Sh. Turkiy adabiyotda maqollar va hikmatlar. Tashkent: Sharq, 2003.
3. Iskandarov, Sh. Mahmud Qoshg‘ariy va uning adabiy merosi. Tashkent: O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi, 2010.
4. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Tashkent: Sharq, 2007.
5. Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq. Tashkent: Fan, 2006.