KIMYO FANI DARSLARIDA OKSIDLAR MAVZUSINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O‘QITISH
Abstract
Ushbu maqolada kimyo fanining “Oksidlar” mavzusini o‘qitishda 5E ta’lim modeli asosida innovatsion yondashuvlar, tajriba asosidagi o‘rganish va muqobil baholash usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Har bir bosqich — Engage, Explore, Explain, Elaborate va Evaluate — bo‘yicha aniq maqsadlar, amaliy faoliyatlar va didaktik materiallar taqdim etilgan. Ayniqsa, laboratoriya tajribalari, modellashtirish, real hayot bilan bog‘langan muammoli savollar orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Baholash bosqichida klaster usulidan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilimlari tizimlashtirilib, ular mustaqil fikrlash va umumlashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’limda kimyo fanini zamonaviy, interaktiv va ko‘rgazmali tarzda o‘qitish bo‘yicha amaliy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.References
1. To‘xtayev N. “Umumiy kimyo”, O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti, Toshkent, 2021.
2. Turg‘unov Sh., Mamatqulov M. “Kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar”, O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 2020.
3. Milliy o‘quv dasturi va “Kimyo” fani bo‘yicha o‘quv-metodik majmualar (10-sinf).
4. Anderson, L. W., & Krathwohl, D. R. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives.
5. Bybee, R. W. et al. (2006). The BSCS 5E Instructional Model: Origins and Effectiveness, Colorado Springs: BSCS.
6. Marzano, R. J. (2007). The Art and Science of Teaching: A Comprehensive Framework for Effective Instruction.
7. Innovatsion pedagogika. Ilmiy-metodik jurnali, 2023-yillar sonlari.
8. O‘zR Xalq ta’limi vazirligi metodik qo‘llanmalari va tavsiyalari.