MAKTABGACHA TA‘LIM OʻQITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI OSHIRISH.

Authors

  • Murtazayeva Sevara Ne‘matovna Navoiy innovatsiyalar universiteti Maktabgacha ta‘lim yoʻnalishi 2-kurs 2-guruh talabasi.

Abstract

Maktabgacha ta'lim (MTT) tizimi har qanday jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy poydevordir. Ushbu davrda bolaning shaxsiyati shakllanadi, uning aqliy, jismoniy, ijtimoiy-hissiy va ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Shu sababli, Maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi bolalarning sifatli ta'lim olishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg'or texnologiyalar va bolalar psixologiyasining chuqur bilimlari bilan qurollangan o'qituvchigina bolalarning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eta oladi.

Downloads

Published

2025-06-27