MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA JAMIYATNING ROLI.
Abstract
Maktabgacha ta'lim (MTT) har bir bolaning hayotidagi poydevor hisoblanadi. Unda o'rganilgan bilim va ko'nikmalar bolaning kelajakdagi shaxsiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu davr bolada dunyoga bo'lgan dastlabki tasavvurlarni shakllantiradi, muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va ijtimoiy moslashuviga zamin yaratadi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan keng koʻlamli va izchil choralar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar asosan bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, ma'naviy-axloqiy va ijodiy rivojlanishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.