SUDYANING ISHDA ISHTIROK ETISHIGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR

Authors

  • Odilov Nozimjon Jumanazar o‘g‘li Mehnat va Ijtimoiy Munosabatlar Akademiyasi o’qituvchisi

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan sudyaning sud ishida ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlarning huquqiy mazmuni va amaliy ahamiyati yoritiladi. Sudya faoliyatidagi xolislik, mustaqillik va beg‘arazlik tamoyillari tahlil qilinib, ularning jinoyat protsessida adolatli sudlovni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, sudyaning ilgari jinoyat ishida boshqa protsessual rol (tergovchi, prokuror, himoyachi va boshqalar) sifatida ishtirok etgani, qarindoshlik aloqalari mavjudligi yoki xolislikka shubha tug‘diruvchi holatlar yuzasidan rad etish zarurati yuridik asoslarda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu norma sud tizimining qonuniylik va adolat prinsiplarini amalda ro‘yobga chiqaruvchi muhim kafolat sifatida baholanadi.

Downloads

Published

2025-10-27