O‘ZBEKISTONDA PARATAEKVONDO VA PARAPOOMSE SPORT TURLARIGA ILK ASOS SOLGAN SHAXSLAR
Abstract
Bugungi kunda barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘limlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yo‘naltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini ta’minlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimi joriy etilgan.
Taekvvondo - sport kurashi turlaridan biri bo‘lib, bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoaviy tarzda oyoq qoʻllarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar. Ushbu maqolada O‘zbekistonda parataekvondo va parapoomse sport turlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohada faoliyat olib borayotgan shaxslar haqida mulohaza yuritilgan.
References
1. http://www.wtf.org - Jahon Taekvondo Federatsiyasi (WTF)
2. http://www.taekwon-do.uz/ - Oʻzbekiston respublikasi taekvon-do itf milliy assotsiatsiyasi
3. http://taekwondo.uz/ - Oʻzbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi.