“KONSEPTUAL JADVAL” METODI ORQALI KIMYO FANIDA NAZARIY BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH

Authors

  • Ibodova Oʻgʻiloy Bekmurod qizi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 10-sonli umumta’lim maktabining Kimyo fani oʻqituvchisi Telefon raqam:+998882242429

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya sharoiti, asbob-uskunalar va reaktivlar yetishmagan holatlarda samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan “Konseptual jadval” metodining didaktik va metodik ahamiyati yoritilgan. Ushbu metod orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlarini tizimli ravishda mustahkamlash, mavzularni chuqur tahlil qilish hamda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Maqolada 8-sinf kimyo kursidagi “Galogenlar”, “Biogen elementlar va ularning tirik organizmdagi ahamiyati” mavzulari misolida konseptual jadvalni dars jarayonida qo‘llash usullari, baholash mexanizmlari va o‘quvchilarning bilish faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. “Konseptual jadval” metodi o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, tahliliy yondashuv va fanlararo integratsiyani shakllantirishda samarali pedagogik vosita ekanligi ilmiy asoslangan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun kimyo fanidan o‘quv dasturi. – Toshkent.

2. Qodirov A., Ahmedov B. Kimyo fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2020.

3. Jo‘rayev R.X. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2019.

4. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2018.

5. Usmonov S., Karimova M. Kimyo ta’limida interfaol metodlardan foydalanish. – Toshkent, 2021.

6. OECD. Innovative Learning Environments. – Paris, 2017.

Downloads

Published

2026-01-21