MAHALLIY KORXONALARDA DIFFERENSIALLASH STRATEGIYASINING QO‘LLANILISHI
Abstract
Bozor iqtisodiyotining rivojlanish bosqichida raqobatning keskin kuchayishi, iste’molchilar didi va talablarining o‘zgaruvchanligi, global integratsiya jarayonlari hamda innovatsion texnologiyalarning jadal kirib kelishi O‘zbekiston korxonalari oldiga yangi strategik vazifalarni qo‘ymoqda. Shunday sharoitda, korxonalar uchun barqaror raqobat ustunligini ta’minlashning eng samarali usullaridan biri bu —differensiallash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va amaliyotga tatbiq etishdir. Differensiallash strategiyasi korxonaga mahsulot yoki xizmatini bozordagi raqobatchilardan farqlash, unga noyob, iste’molchi ongida qadrlanadigan qiymat berish orqali raqobat ustunligini yaratish imkonini beradi. Bu strategiya mahsulot sifati, dizayni, xizmat darajasi, brend imiji, texnologik yangilik yoki ijtimoiy mas’uliyat kabi elementlar asosida shakllanadi.
References
1. Porter, M. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. Free Press.
2. Kotler, P. & Keller, K. L. (2016). Marketing Management. Pearson Education.
3. Yusupov, M. (2023). Strategik menejment asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-apreldagi PQ–150-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotlari, 2024.
6. OECD (2023). SME Policy Index: Central Asia 2023 – Boosting Competitiveness and Inclusive Growth.

