O’QUV JARAYONIDA MOTIVATSIYANI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Abstract
Ushbu tadqiqotda ta’lim jarayonida o‘quvchi motivatsiyasini shakllantirish masalasi o‘rganildi. Motivatsiya tushunchasining mazmuni, ichki va tashqi omillar ta’siri hamda o‘qituvchi talaba o‘zaro muloqotining roliga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot Deki va Ryanning o‘z-o‘zini belgilash nazariyasi va Vigotskiyning sotsiokultural nazariyasi asosida olib borildi. Har ikki nazariya ta’lim jarayonida shaxs rivojlanishini ichki psixologik ehtiyojlar va ijtimoiy muhit omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, samarali ta’lim jarayoni o‘quvchining mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatini qadrlash va ijtimoiy hamkorlik muhitini yaratish orqali motivatsiyani sezilarli darajada oshirishi mumkinligi aniqlandi.

