O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA GAPLARNING SHAKLLANISHI VA TALQINLARINING AMALIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning shakllanish xususiyatlari va ularning turli lingvistik talqinlari amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilishi, shakllanish usullari hamda sodda gaplar o‘rtasidagi grammatik va semantik munosabatlar yoritib berilgan. Shuningdek, bog‘langan, ergash gapli va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning nutq jarayonidagi o‘rni va kommunikativ imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek tilshunosligida mavjud an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, qo‘shma gaplarning ilmiy, badiiy va publitsistik uslublardagi amaliy qo‘llanishi misollar orqali asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili sintaksisini chuqurroq anglash, qo‘shma gaplarning semantik va kommunikativ imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
References
1. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili sintaksisida murakkab gaplar masalasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. – 1962. № 3
2. Ahmedova N. O‘zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnatativ tadqiqi. Fil. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent, 2008. – 25
3. Boltaboyeva H. O‘zbek tilida murakkablashgan sodda gaplar. – Toshkent: Fan, 1969.
4. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi.

