ZAMONAVIY GASTRONOMIYA TERMINLARI: TIZIMIY TUZILISHI VA MADANIY-SEMIOTIK O‘LCHAMLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy gastronomik terminologiyaning shakllanish jarayonlari, struktur-semantik xususiyatlari hamda uning sotsiokulturologik omillar bilan uzviy bog‘liqligi keng qamrovda tahlil qilinadi. Globallashuv, madaniyatlararo integratsiya, ommaviy kommunikatsiya vositalari va raqamli platformalarning rivojlanishi gastronomiya sohasining terminologik tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida zamonaviy gastronomik birliklarning morfologik tuzilishi, so‘z yasalish modellari, semantik kengayishi hamda qarz so‘zlar asosida boyishi ilmiy asosda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili global gastronomik diskursda vositachi til sifatida faoliyat yuritib, terminlarning boshqa tillarga kirib borishida markaziy rol o‘ynamoqda, shu bilan birga fransuz, italyan va yapon tillari ham termin manbai sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda.
References
1. Muhammadieva N. X. (2025). Functional and Semantic Characteristics of Gastronomic Terminology in the Uzbek Language. SCIENCE SHINE. Issue 6(41), Volume 1. ISSN 3030-377X. 31.03.2025.
2. Muhammadieva N. X. Sociolinguistic features of the process of terminology in the sphere of gastronomy. JMEA: Journal of Modern Educational Achievements. Volume 11, 2024.
3. Cabré, M. T. (1999). Terminology: Theory, methods and applications. John Benjamins Publishing Company.
4. Counihan, C., & Van Esterik, P. (2013). Food and culture: A reader (3rd ed.). Routledge.
5. Crystal, D. (2003). English as a global language (2nd ed.). Cambridge University Press.
6. Ferguson, P. P. (2004). Accounting for taste: The triumph of French cuisine. University of Chicago Press.
7. Spang, R. L. (2000). The invention of the restaurant: Paris and modern gastronomic culture. Harvard University Press.

