O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARIDA UCHRAYDIGAN “OLMA” MEVASI NING RAMZIYLIGI.
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlarida uchraydigan olma mevasi obrazining ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodida olma tabiat, yoshlik, go‘zallik, poklik va muhabbat timsoli sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Qo‘shiqlardagi olma bilan bog‘liq poetik birliklar orqali lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, sevgi va sog‘inch tuyg‘ulari, shuningdek, milliy estetik qarashlar ifodalanishi ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida folklorshunoslik va badiiy-estetik tahlil metodlaridan foydalanilib, olma obrazining xalqona tafakkurdagi o‘rni va uning badiiy funksiyasi yoritiladi. Maqola o‘zbek xalq lirikasidagi meva obrazlarining ramziy tizimini anglashga xizmat qiladi.
References
1.T. Mirzayev va b. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. T-2008.
2. Mirzayev T. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. — Toshkent: O‘qituvchi, 1990.
3.To‘ra Mirzayev. O‘zbek xalq qo‘shiqlari. — Toshkent: Fan, 2002.
4.O‘zbek xalq ijodi. Ko‘p jildlik to‘plam. — Toshkent: Fan nashriyoti.
5. api.unilibrary.uz
