EGRA XALQARO BAHOLASH DASTURINING NAZARIY-ASOSIY TAHLILI VA TATBIQI
Abstract
Mazkur maqolada EGRA (Early Grade Reading Assessment) xalqaro baholash dasturining nazariy-metodologik asoslari, psixometrik xususiyatlari hamda erta bosqichdagi o‘qish savodxonligini baholashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda EGRA dasturining asosiy komponentlari — fonematik anglash, tovush-harf mosligi, o‘qish ravonligi, so‘z boyligi va matnni anglash ko‘nikmalarini baholash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, EGRA dasturining xalqaro tajribadagi qo‘llanilishi va O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi jarayoni ilmiy adabiyotlar tahlili asosida o‘rganilgan. Maqolada EGRA va EGMA baholashlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual ehtiyojlarini aniqlash, pedagogik xatolarni diagnostika qilish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari EGRA dasturining ta’lim sifatini monitoring qilish va strategik rejalashtirishdagi muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.
References
1. Dubeck M, Gove A. The early grade reading assessment (EGRA): Its theoretical foundation, purpose, and limitations. International Journal of Educational Development, 40, 315–322. Paris, (2015)
2. Umarova G.B. EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari o‘rganilganlik darajasi va mazmun-mohiyati. “Maktabgachga va maktab ta`limi” jurnali, 2025-yil, dekabr, 12-son
3. EGRA dasturi bo‘yicha xalqaro qo‘llanma (EGRA Toolkit). Global Learning Lab / Edu-Links org.
4. G‘ayipova G.N. EGRA va EGMA baholashlari asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan pedagogik strategiyalar. in-academy.uz/index.php/yo
5. West J, Kersop E. Teachers’ perceptions about the implementation of Early Grade Reading Assessment. Reading and Writing, 16(1). (2025) South Africa.
6. Davlatova S. EGRA dasturi asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligidagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish metodikasi. Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi, 16, (2025)136–139.
7. UNESCO IIEP Learning Portal. Early Grade Reading Assessment (EGRA) (2015). Unesco.
