BOBUR – MURAKKAB SHAXSIYATLI SHAXS
Abstract
O‘zbek adabiyoti tarixi rivojini Zahiriddin Muhammad Bobur ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. XV asr oxiri va XVI asr oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi — buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi poetikasi o‘nlab ilmiy ishlarga mavzu bo‘lgan. Adabiyotshunos va tarixchilarning tadqiqotlari, salaflarining ma’lumotlari, tazkiralar va muallifning asarlari o‘rganib chiqilsa, Bobur bolaligidan juda zukko, oʻqituvchi va murabbiylarning har bir nasihatini tezda egallab olganini ko‘rish mumkin. Asosiy ustozi Xoja Mavlono Qozi boʻlgan. Bobur ayniqsa tarix, harbiy ilm, musiqa va adabiyotga kuchli qiziqish bildirgan. Boʻsh vaqtlarida esa harbiy mashqlar va ov qilish sirlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratgan.
References
1. Rajabov N. Maʼnaviyat sarchashmalari. Fan – T.: 1999. B.64.
2. Oʻzbek adabiyoti. Oʻqituvchi. T.:1997. B.22.
3. Rajabov N. Maʼnaviyat sarchashmalari. Fan – T.: 1999. B.66.
4. Rajabov N. Maʼnaviyat sarchashmalari. Fan – T.: 1999. B.4.
5. Evadullayev T. Zahiriddin Muhammad Bobur – shariatpanoh hukmdor. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati. 2022,1-son.