MULKDORLAR HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISH: OVOZ BERISH VA DIREKTORLAR KENGASHINI TAYINLASH
Abstract
Ushbu maqolada mulkdorlarning korporativ boshqaruv tizimidagi o‘rni va ularning huquqlarini amalga oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Ayniqsa, ovoz berish jarayoni hamda direktorlar kengashini tayinlashdagi shaffoflik va adolat tamoyillarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni, xalqaro tajriba hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari asosida tahlil usullari qo‘llanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, aksiyadorlarning ovoz berish huquqlarini to‘liq amalga oshirishi, direktorlar kengashi tarkibini adolatli shakllantirish hamda boshqaruv jarayonida axborot shaffofligini ta’minlash korxonalarning samaradorligi va investitsion jozibadorligini oshiradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida elektron ovoz berish tizimlarini joriy etish korporativ boshqaruvning yangi bosqichiga o‘tishni ta’minlaydi.
References
1. Davaktiv. (2024). O‘zbekiston davlat aktivlari agentligi 2024-yil hisobot. Toshkent: Davaktiv. Retrieved from https://davaktiv.uz/uploads/pages/files/032025/Hisobot%202024%20lotin.pdf
2. Invest24. (2024). O‘zbekiston yillar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari haqida ma’lumot. Retrieved from https://www.invest24.uz/news/o%27zbekiston-yilar-bo%27yicha-aksiyadorlik-jamiyatlari-ma%27lumot
3. Ibragimov, G. (2023). Bernulli tasodifiy harakat metodi orqali fond bozorida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxini prognoz qilish. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 45–52. Retrieved from https://media.neliti.com/media/publications/635150-bernulli-tasodifiy-harakat-metodi-orqali-2f1ad0e7.pdf
4. Xamidova, D., & Tursunov, M. (2022). Aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy faolligini tahlil qilish va shaffoflik masalalari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 3(1), 102–108. Retrieved from https://sci-p.uz/index.php/eitt/article/download/2974/2774/5689
 
							
