TALABALARDA MA’NAVIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim sharoitida talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish masalasi axborot-ta’lim muhiti kontekstida ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Unda axborot oqimlari kuchaygan sharoitda talabalarda axborotdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish, mediamakondagi salbiy axborot xurujlariga nisbatan immunitet hosil qilish hamda ma’naviy yetuklikni ta’minlashning dolzarbligi asoslanadi. BMT va UNESCOning oliy ta’limni modernizatsiya qilishga doir dasturiy hujjatlarida ta’lim sifati, modulli o‘qitish va zamonaviy metodlarni joriy etish orqali tarbiyaviy jarayonni kuchaytirish masalalariga berilgan e’tibor yoritiladi.
Maqolada “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalarining farqli jihatlari nazariy jihatdan izohlanib, ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari: ta’lim va tarbiyaning uzviyligi, shaxsiy namuna va ijtimoiy muhit ta’siri, mustaqil-tanqidiy fikrlashni shakllantirish, refleksiya va o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda integrativ yondashuv kabi omillar tizimli bayon etiladi. Shuningdek, Vygotskiy, Dewey, Bloom, Kohlberg, Freire, Erikson, Habermas kabi xorijiy olimlarning nazariyalari asosida ma’naviy-axloqiy kompetentlikning shakllanish mexanizmlari umumlashtiriladi va bosqichli yondashuv zarurligi ilmiy asoslanadi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy tarbiya va axborot madaniyatini uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Torrance, E. P. Creativity: A Continuing Research. Journal of Creative Behavior, 1988, vol. 22, pp. 1–14.
2. Gardner, H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. New York: Basic Books, 1983, 440 p.
3. Robinson, K. Out of Our Minds: Learning to Be Creative. Wiley, 2011, 304 p.
4. Guilford, J. P. Creativity. American Psychologist, 1950, vol. 5, pp. 444–454.
5. Runco, M. A., Jaeger, G. J. The Standard Definition of Creativity. Creativity Research Journal, 2012, vol. 24, no. 1, pp. 92–96.
6. Панжизода Х. Ситуация насилия и притеснения в семье на примере Узбекистана. Социология и право". ISSN 2219-6242 (Print) . №3. Москва. Социология и право. 2025. Т. 17. No 3. – С. – 336-344.
7. Quzmanova G. “О‘quvchilarning ijtimoiy kompetenligini ijtimoiy tarmoqlar vositasida rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari” // Таълим ва инновацион тадқиқотлар. 2022. № 9. ttps://doi.org/10.53885/edinres.-B.193.
8. Mamurov B.B., Davronov I.E. Pedagogik kompetentlik. “Durdona” nashryoti. Buxoro. 2021. 10-b.
