MATN VA INTERMATNLIK: SEMIOTIK QARASHLAR VA SHARQ ADABIYOTI MISOLIDA

Authors

  • Xo‘jamurodova Iroda Anvar qizi Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

Abstract

Badiiy matn harakati faqat o‘zining ichki sath chegaralarida cheklanib qolmaydi. Uning asosiy mohiyati — doimiy harakat, ilgarilashga intilishidadir. Ushbu harakat, avvalo, matn tarkibidagi belgilar tizimi — paradigmatik, sintagmatik munosabatlar hamda binar oppozitsiyalarning o‘zaro aloqasi natijasida shakllanadi. Adabiy jarayonning tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan har bir matn o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, boshqa matnlar bilan uzviy bog‘liq holda mavjud bo‘ladi. Yangi yaratilayotgan matnlar o‘tmishdagi matnlarning tasvir, ifoda va kod (belgi) tizimini zamonaviy tafakkur va tarixiy-madaniy sharoitlar asosida qayta ishlab, o‘zida aks ettiradi. Bu esa har bir matnni intermatn sifatida talqin qilish imkonini beradi. Semiotika va strukturalizm singari nazariy yondashuvlar shakllanmasdan avval ham matnlararo aloqadorlik ijodkorlar tomonidan sezilgan va badiiy tajribalarda ifodasini topgan. Mazkur maqolada Alisher Navoiy, Nizomiy, Dehlaviy dostonlari o‘rtasidagi matniy bog‘lanishlar, shuningdek, Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhor ijodidagi belgilar tizimi orqali yuzaga kelgan intermatnlik hodisalari tahlil etiladi.

References

1. Alisher Navoiy. Layli va Majnun. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2006.211-b.

2. Бахтин М.М. Эстетика словесного творчества.– М.: Искусство, 1986.

3. Ролан Барт. Избранные работы.Семиотика. Поэтика. – Москва: Прогресс, 1989. С. 418.

4. Р.А. Саидова. Бадиий матнда белги муносабатлари. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)диссертацияси. –Бухоро, 2020.93-94-б.

5. Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical & Applied Science, (2), 201-205.

Downloads

Published

2025-06-13

How to Cite

Xo‘jamurodova Iroda Anvar qizi. (2025). MATN VA INTERMATNLIK: SEMIOTIK QARASHLAR VA SHARQ ADABIYOTI MISOLIDA. Prospects for Innovative Technologies in Science and Education, 2(6), 35–38. Retrieved from https://incop.org/index.php/pro/article/view/1717