BEMORLARNI TO’G’RI OVQATLANTIRISH.
Abstract
Bemor ovqati oqsil, uglevod, yogʻ, mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilma-xil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradi, oʻz bilganicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼda ichak kasalliklari)da oz-ozdan damba-dam ovqatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan oz-ozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva, kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi.


