BOLALARDA GIPOTROFIYA HOLATIDA HAMSHIRALIK PARVARISHINI TASHKIL ETISH
Abstract
Dolzarbligi. Bolalar sog‘lom rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning tana vazni va o‘sish dinamikasidir. Gipotrofiya - bu bola organizmida modda almashinuvi buzilishi, oziq moddalar tanqisligi, ovqatlanishning yetarli emasligi yoki surunkali kasalliklar ta’sirida tana vaznining yosh me’yorlariga nisbatan 10-40% gacha kamayishi bilan kechuvchi patologik holatdir. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida gipotrofiya uchrash darajasi 7,4-8,1% atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich ayrim ijtimoiy jihatdan noqulay oilalarda 12-15% gacha yetadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra esa, har yili 45 milliondan ortiq bola o‘sishdan ortda qolish yoki tana vazni yetishmasligi bilan ro‘yxatga olinadi. Shuning uchun gipotrofiya bilan og‘rigan bolalarda parvarish sifatini oshirish, hamshiralik yondashuvini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.
