TURLI NOZOLOGIYADA SO‘LAKNING BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI

Authors

  • Qodirova Nilufar Abduvaxobovna
  • Boltaboyeva Muazzam Aliyevna Abu Ali ibn Sino nomidagi Qo‘qon jamoat salomatligi texnikumi info@qjst.uz

Abstract

Dolzarbligi. So‘lak inson organizmida fiziologik va patologik jarayonlarni aks ettiruvchi muhim biologik suyuqliklardan biridir. So‘lak tarkibida mavjud bo‘lgan oqsillar, fermentlar, elektrolitlar, immunoglobulinlar va boshqa ko‘plab biokimyoviy komponentlar organizmning umumiy holati to‘g‘risida ma’lumot beradi. Noinvaziv usullar orqali so‘lakni tekshirish klinik amaliyotda qulay bo‘lib, ayniqsa bolalar, qariyalar hamda surunkali kasalliklarga ega bemorlarni diagnostika va monitoring qilishda katta afzalliklarga ega. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, oshqozon-ichak patologiyalari, endokrin buzilishlar va hatto onkologik jarayonlarda so‘lakning biokimyoviy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘zgaradi. Shu bois, so‘lakni tahlil qilish orqali tezkor, xavfsiz va noinvaziv diagnostika usullarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.

Downloads

Published

2025-12-23