ILK BOLALIK DAVRIDA OZIQLANISH TARTIBINI HARAKAT KOORDINATSIYASIGA BOG‘LIQLIGI

Authors

  • Haitboyeva Dilfuza G‘ayratovna
  • G‘aniyeva To‘xtaxon Rashidovna Abu Ali ibn Sino nomidagi Qo‘qon jamoat salomatligi texnikumi info@qjst.uz

Abstract

Dolzarbligi. So‘nggi yillarda bolalar sog‘lom rivojlanishida to‘g‘ri ovqatlanish tartibining ahamiyati alohida ta’kidlanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 22 foizi to‘yib ovqatlanmaslik yoki noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida jismoniy va psixomotor rivojlanishda orqada qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan epidemiologik kuzatuvlarga ko‘ra, 2023-yilda ilk bolalik davridagi bolalarning 18,7 foizida oziqlanish bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan, ularning 9,2 foizida esa harakat koordinatsiyasi rivojlanishida kechikish holatlari kuzatilgan. Bu esa, ilk bolalik davrida ratsional ovqatlanishning bolaning mushak-tonusi, harakat koordinatsiyasi va umumiy rivojlanish jarayonida hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2025-12-23