TEMIR MIKROELEMENTI O‘ZLASHTIRILISHIDA B12 VITAMINI FAOLLIGI
Abstract
Dolzarbligi. Temir moddasi gemopoez jarayonida asosiy mikroelement hisoblanadi va uning yetishmovchiligi anemiya, to‘qimalarning gipoksiyasi hamda umumiy metabolik buzilishlarga olib keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 30-35% da temir tanqisligi kuzatiladi, ulardan 40% i ayollar va bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Vitamin B12 gemopoez va nerv tizimi faoliyatida muhim kofaktor sifatida temirning organizmda samarali o‘zlashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, B12 vitamin yetishmovchiligi temir tanqisligi anemiyasining klinik kechishini og‘irlashtiradi. Shu bois temir va B12 vitaminining o‘zaro ta’sir mexanizmini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.
