AHOLIGA KO‘RSATILADIGAN SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM XIZMATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Dolzarbligi. Aholiga ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimi sog‘liqni saqlash sohasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning samaradorligi bevosita aholining hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishga ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizda yiliga o‘rtacha 8,2 milliondan ortiq fuqaro shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qiladi, shundan 65–70 foizi haqiqiy shoshilinch holatlar bilan bog‘liqdir. Shu bois, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, chaqiriqlarga tezkor javob berish, xodimlar malakasini oshirish va texnik bazani mustahkamlash sog‘liqni saqlash siyosatining dolzarb vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-209-son qarorida shoshilinch tibbiy yordam tizimini raqamlashtirish, chaqiriqlarni yagona dispetcherlik markazi orqali boshqarish hamda aholiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan.
