AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING SURUNKALI YALLIG’LANISH KASALLIKLARINING BEPUSHTLIKKA TA’SIRI
Abstract
Ayollar bepushtligining asosiy sabablaridan biri jinsiy a’zolarning surunkali yallig‘lanish kasalliklari hisoblanadi. Ushbu patologiya asosan reproduktiv yoshdagi, ya’ni 20–35 yosh oralig‘idagi ayollarda ko‘proq uchraydi [1]. Surunkali yallig‘lanish jarayoni bachadon, bachadon naylari va tuxumdonlarda morfologik hamda funksional o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Natijada bachadon naylarining o‘tkazuvchanligi buzilishi, bitishmalar hosil bo‘lishi va endometriy funksiyasining izdan chiqishi kuzatiladi. Bu esa urug‘lanish jarayonining buzilishiga va bepushtlik rivojlanishiga olib keladi [2].Shu sababli jinsiy a’zolarning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolash reproduktiv salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega [3].
References
1. World Health Organization (WHO). Infertility definitions and global prevalence data. Geneva: WHO; 2020.
2. American Society for Reproductive Medicine (ASRM). Diagnostic evaluation of infertility: a committee opinion. Fertility and Sterility. 2021.
3. European Society of Human Reproduction and Embryology (ESHRE). Guideline on the management of female infertility. 2022.
4. Simpson W.L., Beitia L.G., Mester J. Hysterosalpingography: a reemerging study. Radiographics. 2006;26(2):419–431.
5.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ayollar bepushtligini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik tavsiyalar. Toshkent; 2021.
