POLIARTRIT KASALLIGIDA MRT VA RENTGENOGRAFIYA AHAMIYATI
Abstract
Poliartrit bir vaqtning o‘zida bir nechta bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi bilan kechuvchi, surunkali va progressiv xarakterga ega kasallik bo‘lib, u ko‘pincha autoimmun jarayonlar bilan bog‘liq[1]. Revmatoid artrit poliartritning eng ko‘p uchraydigan shakli hisoblanadi va erta tashxis qo‘yilmasa bo‘g‘im deformatsiyasi hamda nogironlikka olib kelishi mumkin[2]. Bu kasallik ayyolarda orasida ko’proq uchraydi. Rentgenografiya suyak va bo‘g‘im tuzilmalaridagi struktur o‘zgarishlarni, ya’ni bo‘g‘im oralig‘ining torayishi, eroziya va deformatsiyalarni aniqlashda qo‘llaniladi. MRT esa sinovit, erroziya va yumshoq to‘qimalardagi erta yallig‘lanish belgilarini aniqlash imkonini beradi hamda kasallik faolligini baholashda yuqori sezgirlikka ega[3].
References
1. Poddubnyy D. Classification vs diagnostic criteria: the challenge of diagnosing axial spondyloarthritis. Rheumatology (Oxford). 2020 Oct 1;59(Suppl4):iv6-iv17. doi: 10.1093/rheumatology/keaa250. PMID: 33053191; PMCID: PMC7566535.
2. Palmer A, Fernquest S, Rombach I, Harin A, Mansour R, Dutton S, Dijkstra HP, Andrade T, Glyn-Jones S; FAIT Study Group. Medium-term results of arthroscopic hip surgery compared with physiotherapy and activity modification for the treatment of femoroacetabular impingement syndrome: a multi-centre randomised controlled trial. Br J Sports Med. 2025 Jan 2;59(2):109-117. doi: 10.1136/bjsports-2023-107712. Erratum in: Br J Sports Med. 2025 Jul 17;59(15):e2. doi: 10.1136/bjsports-2023-107712corr1. PMID: 39592214.
3. Beaufils P, Becker R, Kopf S, Englund M, Verdonk R, Ollivier M, Seil R. Surgical management of degenerative meniscus lesions: the 2016 ESSKA meniscus consensus. Knee Surg Sports Traumatol Arthrosc. 2017 Feb;25(2):335-346. doi: 10.1007/s00167-016-4407-4. Epub 2017 Feb 16. PMID: 28210788; PMCID: PMC5331096.
