BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIKDA UTTNING AHAMIYATI
Abstract
Bachadondan tashqari homiladorlik 35 yoshdan katta, anamnezida ko‘p marotaba abortlar bo‘lgan, bachadon ichi kontratseptiv vosita qo‘llangan hamda ayol organizmida jinsiy gormonlar — estrogen va progesteron yetishmovchiligi kuzatiladigan holatlarda ko‘proq uchraydigan patologik jarayon hisoblanadi.[1] Ushbu holatni klinik jihatdan unga o‘xshash bo‘lgan kasalliklardan, jumladan tuxumdon kistasining yorilishi, kista oyoqchasining buralishi va tuxumdon apopleksiyasidan differensial tashxislash muhim ahamiyatga ega.[2] Hozirgi kunda ultratovush tekshiruvi (UTT) transvaginal datchiklar yordamida bachadondan tashqari homiladorlikni erta aniqlash hamda baholashning eng samarali, noinvaziv diagnostik usullaridan biri hisoblanadi.[1,2]
