“RAQAMLI MARKETING TADQIQOTLARIDA ONLAYN KUZATUV VA ANALITIKA USULLARI”
Abstract
Tezisda raqamli marketing tadqiqotlarida onlayn kuzatuv va analitika usullarining ahamiyati, ularning marketing strategiyalarini shakllantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy raqamli muhitda qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda onlayn kuzatuv jarayonining marketing samaradorligini baholashdagi roli, analitik vositalarning ma’lumotlarni qayta ishlashdagi funksiyasi va ular orqali iste’molchi xatti-harakatlarini tahlil qilish mexanizmlari tahlil etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, onlayn kuzatuv va analitika raqamli marketingni maqsadli, o‘lchab bo‘ladigan va natijaga yo‘naltirilgan jarayonga aylantiruvchi asosiy omillardandir.


