TRANSPORT SOHASINI RAQAMLASHTIRISH HAMDA SUN'IIY INTELLEKTNI JORIY QILISH
Abstract
Transport sohasining raqamlashtirilishi va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining joriy etilishi zamonaviy davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi, aholi xavfsizligi hamda atrof-muhitni muhofazasi uchun strategik ahamiyatga ega. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida transport infratuzilmasini raqamlashtirish holati, sun'iy intellektning yo'l harakati boshqaruvi, logistika optimallashtirishi, avtonom transport vositalari sohasidagi qo'llanilishi tahlil qilinadi. 2023–2025-yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan "Aqlli shaharlar" dasturi, milliy avtomagistral tarmog'ida joriy etilgan "Yashil yo'l" loyihasi, shuningdek Toshkent shahridagi avtomatlashtirilgan yo'l harakati boshqaruvi tizimi (AISUDD) asosida tadqiqot o'tkazildi. Natijalarda ko'rsatilishicha, SI asosidagi yo'l harakati nazorati tizimlari yo'l hodisalari sonini 28% ga kamaytirgan, logistika xarajatlari esa 19% ga pasaygan. Shuningdek, avtonom transport vositalarini sinovdan o'tkazish uchun maxsus poligon yaratish, milliy transport ma'lumotlar almashinuvi platformasi (TMAP) ishlab chiqish hamda xodimlarni raqamli kompetensiyalar bo'yicha qayta tayyorlash zarurligi ta'kidlangan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, transport sohasini raqamlashtirish faqat texnologik yangilanish emas, balki davlat boshqaruvi, qonunchilik va xalqaro hamkorlikni qamrab oluvchi tizimli transformatsiya talab qiladi. Olingan natijalar O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan "2026–2030-yillar uchun transport sohasini raqamlashtirish strategiyasi"ni ishlab chiqishda amaliy foydalanishga tavsiya etiladi.
References
1.Qobulov, M., Ismadiyorov, A., & Fayzullayev, X. (2022). ANALYSIS OF THE
BRAKING PROPERTIES OF THE MAN CLA 16.220 FOR SEVERE OPERATING CONDITIONS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(03), 52-59.
2.Sahtarov, X. A. O., & Fayzullayev, X. (2022). Alternativ yoqilgʻilarda ishlaydigan avtomobil konstruksiyalari tahlili. Academic research in educational sciences, 3(4), 1080- 1087.
3. Sakhtarov, X., & Sakhtarov, D. (2023). MODERN IN TRANSPORTATION OF PASSENGERS LEARN EXPERIENCES. Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 3(3 Part 3), 201-205.
4.Sakhtarov, X. A. U., & Sakhtarov, D. A. U. (2022). Remote vehicle diagnostic methods and their significance. Science and Education, 3(12), 385-387.
