BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR: TAJRIBA-SINOV NATIJALARI ASOSIDA
Abstract
Maqolada boshlang‘ich ta’limda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslari samaradorligini oshirishga qaratilgan xorijiy tajribalar asosidagi metodik yechimlar yoritiladi. Tadqiqot maqsadi — xorijiy tajribalarni didaktik jihatdan moslashtirish va ularni dars jarayoniga integratsiya etish metodikasini takomillashtirishdir. Uslubiyotda nazariy-mantiqiy, leksik-semantik, kommunikativ-funksional, qiyosiy va matematik-statistik (Student–Fisher) tahlillar uyg‘un qo‘llandi. Jizzax viloyatidagi 17-, 7- va 11-maktablarda ikkidan sinf (tajriba va nazorat) ishtirokida tajriba-sinov o‘tkazildi (tajribada 456, nazoratda 450 o‘quvchi). Natijalar tajriba guruhlarida yuqori darajaga chiqish 39,5% gacha, past daraja esa 7,9% gacha kamayganini, nazoratda esa mos ravishda 20,0% va 34,7% bo‘lganini ko‘rsatdi. Diagnostikaning boshlang‘ich bosqichida mexanizmga oid bilim va ko‘nikmalar umumiy darajasi 46,8% ni tashkil etgani ushbu yondashuv zarurligini tasdiqlaydi. Amaliy tavsiyalar o‘qituvchining darsni faol metodlar, media-matn tahlili va kompetensiyaviy topshiriqlar bilan loyihalashi zarurligini ko‘rsatadi.References
1. Abdullayeva B. Fanlararo aloqadorlikning metodologik–didaktik asoslari. Ped.fan.dok.diss. – T., 2006.
2. Abduraxmonov O. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. – T.: Fan va texnologiya, 2014.
3. Abdullaeva Q., Safarova R. va b. Boshlang‘ich ta’lim kontseptsiyasi. T.: 24.10.2020.
4. Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Diss., T., 2003.
5. Akramova F.B. “2-sinf ‘Ona tili va o‘qish savodxonligi’ darslari samaradorligini oshirish”. Science and Education, 2022, 3(5).
6. Azimova I. va boshq. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 1-qism. 1-sinf uchun darslik. Toshkent: RTM, 2021. – 104 b.
7 Azimova I. va boshq. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism. 1-sinf uchun darslik.
