TILNI ILMIY-LINGVISTIK NUQTAI NAZARDAN TAHLIL QILISHDA KORPUS METODINING O‘RNI
Abstract
Maqolada zamonaviy ilmiy lingvistika doirasida korpus tilshunosligi va N. Xomskiy tomonidan ilgari surilgan generativ grammatika nazariyalari o‘rtasidagi metodologik farqlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda korpus tilshunosligining empirik yo‘nalishga ega ekanligi, uning real nutq materiallarini yig‘ish, tahlil qilish va amaliy dasturlarda qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan birga, generativ grammatika tilni inson ongining kognitiv tizimi sifatida talqin etib, deduktiv yondashuvga asoslanishi ilmiy asosda izohlanadi. Maqolada tilni empirik kuzatuvlar orqali o‘rganish va uni nazariy modellashtirish o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanadi. Muallif korpus tilshunosligining amaliy ahamiyatini, xususan, kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt va avtomatik tarjima tizimlarida qo‘llanish imkoniyatlarini asoslab beradi. Tadqiqot natijalari zamonaviy lingvistik paradigmaning yangilanishi va ilmiy yondashuvlarning evolyutsiyasini ochib beradi.
References
1. Kianinezhad, N. (2023). Effective methods of teaching foreign languages online: A global view. Journal of Language and Education Studies, 15(2), 45–56.
2. Martí Solano, R., & Klégr, A. (2022). Phraseology and paremiology in English: Semantic and cultural perspectives. Lexis – Journal in English Lexicology, 19, 1–18.
3. Pires, L. (2024). The impact of comparative linguistics on second language acquisition and intercultural communication. International Journal of Applied Linguistics, 37(1), 73–88.
4. Azimova, O. A. (2024). The role of comparative linguistics in teaching English and Uzbek languages. Tanqidiy Fikr Jurnali, 12(4), 120–129.
5. Karimova, D. B. (2021). Modern approaches to linguistic and cultural analysis in language teaching. Philological Research Journal, 8(3), 55–67.
