ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINOLOGIK JIHATLARI
Abstract
Hozirgi davrda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi nafaqat milliy, balki global miqyosda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Insoniyatning iqtisodiy faoliyati, sanoatning jadal rivojlanishi, tabiiy resurslardan me’yoridan ortiqcha foydalanish, shuningdek, ekologik ong va madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganligi natijasida tabiatga salbiy ta’sir kuchaymoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida atrof-muhitni muhofaza qilishga oid huquqiy me’yorlarning buzilishiga, ya’ni ekologik jinoyatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar jamiyat, davlat va inson manfaatlariga bevosita tahdid soladi. Shu boisdan, mazkur turdagi jinoyatlarning kriminologik jihatlarini o‘rganish — ularning sabablari, shaxsiy omillari, ijtimoiy sharoitlari, oldini olish mexanizmlarini tahlil qilish — dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega masaladir.
References
1. Kriminologiya. Mas'ul maharrir: M.H. Rustambaev /O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Т.: «Adolat», 2007.216 bet
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yiluchun-murojaatnomasi
3. Интернет: www.law.isv.ru
4. Kriminologiya: darslik/ S.S.Niyozova ,N.S.Salayev. – T.:TDYU nashriyoti, 2023-y.
5. www.lex.uz
