QORAQALPOQ TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI

Authors

  • Alimova Gulxan Turg'anbaevna Chimboy tumani XTB ga qarashli 19- sonli umumta'lim maktabning qaroqalpoq tili ba adabiyoti fani o'qituvchisi

Abstract

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Shuningdek ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta’limda o’quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari izlab topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Published

2024-10-01

How to Cite

Gulxan Turg'anbaevna, A. (2024). QORAQALPOQ TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI. Economics, Management, and Digital Innovation in Education: Contemporary Trends and Approaches, 1(2), 3–5. Retrieved from https://incop.org/index.php/ecm/article/view/5