Vol. 1 No. 1 (2025): Ekstremal choʻl sharoitlarida chorvachilikni rivojlantirish: qorakoʻlchilik, yaylovshunoslik ilm-fani hamda amaliyotining integratsiyalashuv muammolari va ularning innovatsion yechimlari
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Ekstremal choʻl sharoitlarida chorvachilikni rivojlantirish: qorakoʻlchilik, yaylovshunoslik ilm-fani hamda amaliyotining integratsiyalashuv muammolari va ularning innovatsion yechimlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (2025-yil 19-sentyabr-Samarqand) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrugʻi asosida o‘tkazilgan.
To‘plam QCHEITI Ilmiy kengashi tomonidan chop etishga tavsiya qilingan (2025-yil 29-avgustdagi 17-sonli bayonnoma).
Ilmiy to‘plamda institutda, respublika va xorijiy mamlakatlarning qator ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida oxirgi yillarda cho‘l–yaylov chorvachiligini rivojlantirish, qorako‘l qo‘ylari genetikasi, seleksiyasi va urchitish, oziqlantirish, biotexnologiya, mahsulot ishlab chiqarish, ularga birlamchi ishlov berish, yaylovlar fitomelioratsiyasi va ulardan unumli foydalanish, tuyachilik, echkichilik hamda veterinariya yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari yoritilgan. To‘plam materiallaridan cho‘l-yaylov chorvachiligi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin.
Eslatma: Konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilgan maqolalarning mazmuni uchun nashriyot va tashkiliy qo‘mita javobgar emas. Maqolalar muallif matni asosida chop etildi.